- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Bugun Karmana tumanidagi "Madaniyat markazi"da tuman hokimi Valijon Adizov, sektorlar, tegishli tashkilotlar va umumta'lim maktablari rahbarlari, o‘qituvchilar hamda bitiruvchi yoshlar ishtirokida "Hokim va bitiruvchilar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv avvalida tuman rahbari so‘zga chiqib, bitiruvchi yoshlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatib, mustaqil hayotga – umrning yanada go‘zal va mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotgani bilan tabrikladi. Shundan so‘ng yuqori natijalarga erishgan o‘qituvchilar, bitiruvchi yoshlar tashakkurnoma, esdalik sovg‘alari hamda “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovining tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab jamoalari maxsus vaucherlar bilan taqdirlandilar.
Tadbir davomida tuman madaniyat bo‘limining san'atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga хush kayfiyat ulashdi.