Malaka oshirish kurslari davom etmoqda

Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali hamda Navoiy davlat pedagogika instituti hamkorligida tashkil etilgan qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi boshlandi.

Unda tuman va shahar hokimliklarining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha mutaxassislari hamda raqamli iqtisodiyotni joriy etish boʻyicha loyihalar menejerlari ishtirok etmoqda.

Mashgʻulotlar "Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni mazmun-mohiyati va davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq qoidalari", "Hududlarni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish dasturini ishlab chiqish", "Raqamli iqtisodiyot sharoitida hudud va tarmoqlarni raqamli transformasiya qilish" kabi dolzarb mavzularda boʻlib oʻtmoqda.

Eslatib oʻtamiz, hokimlik mutaxassislari uchun malaka oshirish kurslari joriy yilning 29-may kuniga qadar davom etadi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: