Bir maktabning ikki o‘quvchisi fan olimpiadaning Respublika bosqichi g‘olibi bo‘ldi

STEM (matematika, fizika, kimyo, biologiya hamda informatika va axborot texnologiyalari) fanlaridan olimpiadaning Respublika bosqichi natijalari e’lon qilindi.

Navbahor tumani ixtisoslashtirilgan maktabning ikki o‘quvchisi fizika fanidan Azizjon Sayfullayev 1-o‘rinni, Mirjalol Turopov 2-o‘rinni egallab, muddatidan oldin talabalik baxtiga muyassar bo‘lishdi.

Ma’lumot uchun aytish joizki, ushbu natijalarda bilimli, talabchan uztozlarning o‘z o‘rni bor. “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi, oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Sohiba Navro‘zova va oliy toifali fizika fani o‘qituvchisi Gulnigor Sanaqulovalarning mehnati samarasidir.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: