- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov boshchiligidagi delegatsiyaning ayni paytda Rossiya Federatsiyasida xizmat safari davom etmoqda.
Safar uchrashuvlarga boy va muzokalar qizg‘in bo‘ldi. Xususan, “1520” kompaniyasi guruhlari bosh direktori o‘rinbosari Dmitriy Bolotskiy, “Profayn” kompaniyasi bosh direktori Yelena Yermakova, “Russkiy Lyon” kompaniyasi ijrochi direktori Valeriy Misharin, “Prirodniy kamen” kompaniyasi ta’sischisi Pyotr Zasedatelevlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.
Uchrashuvlar davomida temir yo‘l uchun zarur bo‘ladigan butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, “Navoiy” EIZ hududida qiymati 5 mln. dollarlik eshik va derazalar hamda ehtiyot qismlari ishlab chiqarishni tashkil etish, zig‘ir poyasi va paxta tolalari aralashmalaridan ip kalavadan boshlab tayyor mahsulotgacha ishlab chiqarish loyihalari, Navoiy viloyatidan Rossiya Federatsiyasiga tabiiy pardozbop toshlarni eksport qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Shuningdek, "Uralxim" kompaniyasi direktori o‘rinbosari Andrey Gutorov bilan uchrashib, ushbu kompaniya bilan Navoiy viloyatida kaliy nitrati va kaliy sulfati loyihasini amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.
Kompaniya vakillariga viloyatning kimyo sanoatidagi mavjud imkoniyatlari xususida ma’lumot berildi.
Delegatsiya safarining ikkinchi kuni Omsk viloyatida davom etib, Omsk innovasion texnologiyalar zavodi, Omsk tajriba zavodi hamda Omsk agrar tadqiqot markazi faoliyati bilan tanishish ko‘zda tutilgan.
Xizmat safari 23 maygacha davom etadi.