- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov bir guruh qozogʻistonlik mehmonlarni tantanali qabul qilib, viloyatimiz boʻylab boshqa millat vakillariga hurmat, oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, turizmni rivojlantirish maqsadida oʻtkazilayotgan xalqaro madaniy tadbirlar bilan yigʻilganlarni muborakbod etdi.
Tadbirda Qozogʻiston Respublikasining Oʻzbekiston Respublikasidagi favqulodda va Muxtor elchisi Atamkulov Beybut Bakirovich ham ishtirok etib, ikki qardosh xalq oʻrtasidagi hamdoʻstlik munosabatlari, ularni mustahkamlash masalalari toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Qabul davomida qardosh yurtdan tashrif buyurgan bir guruh delegatsiya vakillariga viloyat hokimligining qimmatbaho sovgʻalari topshirildi.