Sayyor qabulda muammolarga ijobiy yechim topilmoqda

Navoiy viloyati 4-sektori rahbari, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sunnatulla Nazarov Nurota tumanining “Nurobod” mahalla fuqarolar yig‘inida aholi muammolarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazdi.

Tumanning tegishli korxona va tashkilotlar mutasaddilari hamkorligida aholining har bir murojaatlari o‘rganib chiqildi. Xususan, sog‘liqni saqlash, moddiy yordam tayinlash, bandlikni ta’minlash, nogironligini belgilash, farzandining to‘lov kontraktini to‘lashda yordam berish kabi masalalarda aholi muammolariga yechim izlandi.

Sayyor qabulda shu kabi qator dolzarb masalalar ko‘rib chiqilgan bo‘lsa, aksariyat muammolarga shu yerning o‘zida yechim topildi. Xususan, fuqaro Charos Haydarova ishsizlik masalasida murojaat qilgan bo‘lsa, mazkur masalada o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ish taklif qilinib, sayyor qabulning o‘zida ijobiy hal etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar: