Yangi loyihaga start berildi

Konimex tumani "Zafarobod" mahallasi hududi konlarida texnologik burg‘ilash ishlarini boshlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda "Navoiyuran" DK bosh direktori Djamal Fayzullayev, Konimex tumani hokimi Ruslan Ro‘ziyev hamda Xitoy xalq respublikasining CNUC kompaniyasi vakillari ishtirok etdi.

Ushbu loyiha "Navoiyuran" DK va Xitoy xalq respublikasining China Nuclear Uran Co. Ltd. (CNUC) kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida: China Nuclear Uran Co. Ltd. uranni qidirish, qazib olish va qayta ishlash bilan shug'ullanadigan Xitoy Milliy Yadro Korporatsiyasining (CNNC) sho'ba korxonasi bo‘lib, kompaniya Xitoyning atom energetika sanoatini rivojlantirishda muhim o‘rin tutgan.

Ijtimoiy tarmoqlar: