Apparat yigʻilishida IT yoʻnalishi boʻyicha masalalar tahlil etildi

Apparat yigʻilishida IT yoʻnalishi boʻyicha masalalar ham tilga olindi. Hududlarda bu sohani rivojlantirish boʻyicha qat'iy talablar qoʻyildi.

Xususan, Qiziltepa, Navbahor, Gʻozgʻon, Tomdi tumanlarida bu yoʻnalishlarda yangi rezidentlar davlat roʻyxatidan oʻtmagan.

"Bir million dasturchi" loyihasida ham yoshlarning atigi 55 %i oʻqitilganligi tanqid qilindi. Bugungi kunda 5321 nafar yoshlargina bu yoʻnalishda sertifikatga ega xolos.

Har bir tuman va shahar hokimlariga hududlarda kamida 2 tadan maktab tanlanib, yoshlarni mazkur sohaga oʻqitilishini tashkillashtirish vazifasi yuklandi. Haftalik hisobotlar berib borilishi nazoratga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: