Vazifalar ijrosi bo‘yicha aniq va muddatli topshiriqlar berildi

Navoiy viloyati hokimligi majlislar zalida viloyat hokimi Normat Tursunov raisligida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish kun tartibidan 6 ta masala oʻrin olgan.

Majlis avvalida ijro intizomini mustahkamlashga, oldingi yigʻilishlarda topshirilgan vazifalar bajarilish holatiga asosiy e'tibor qaratilgan boʻlsa, keyingi oʻrinlarda xizmatlar sohasini rivojlantirish, jumladan IT va turizm xizmatlarini rivojlantirish masalalari, ushbu sohada viloyatdagi imkoniyatlar va muammolar atroflicha muhokama qilindi.

Keyingi navbatda qishloq xoʻjaligi, xususan, gʻoʻza agrotexnikasi, gʻalla parvarishi, yer oʻzlashtirish, dala chetiga tut va tok ekish, issiqxonalar, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik sohalari ahvoli, texnikalar tayyorgarligi masalalari koʻrib chiqildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: