- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, Gʻozg‘on shahar hokimi Azim Bazarov, tegishli mas’ullar hamda keng jamoatchilik vakillari 9-may – "Xotira va qadrlash" kuni munosabati bilan Gʻozg‘on shahrida istiqomat qilib kelayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Tursunqul bobo Ergashev xonadonida bo‘lishdi.
????????Uchrashuvda viloyat hokimi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining otaxonga yuborilgan bayram tabriknomasi hamda minnatdorchilik xati o‘qib berildi.
Shuningdek, faxriy nuroniyga Prezident sovg‘alari – 20 million so‘m miqdoridagi pul mukofoti hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tursunqul bobo Ergashev davlatimiz rahbariga o‘z tashakkurini izhor qilib, yurtimiz osoyishtaligi va xalqimiz farovonligini tilab duo qildi.