104 YOSHLI PIRNAZAR BOBOGA PREZIDENTNING BAYRAM TABRIGI VA SOVGʻALARI YETKAZILDI

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov tegishli mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirokida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Karmana tumanida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 104 yoshni qarshi olgan Pirnazar bobo Turdiyev xonadoniga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda viloyat rahbari tomonidan dastlab Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining otaxonga yuborilgan bayram tabriknomasi hamda minnatdorchilik xati oʻqib eshittirildi.

Shuningdek, faxriy otaxonga Prezident sovgʻalari – 20 million soʻm miqdordagi pul mukofoti hamda qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Ijtimoiy tarmoqlar: