Jismoniy tayyorgarlik sinovlari

22-apreldan 22-mayga qadar 2-bosqichda Oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazilmoqda.

Navoiy davlat pedagogika institutining 11 ta fakultetida ham jismoniy tayyorgarlik sinovlari belgilangan reja-grafikka muvofiq davom etmoqda.

Talabalar 100 va 3 000 metr masofaga yugurish, uzunlikka sakrash, yerga tayangan holda qoʻllarni bukib yozish, gimnastika oʻrindigʻidan oyoq tizzalarini bukmay oldinga egilish, chalqancha yotgan holatdan gavdani koʻtarib tushirish kabi maxsus talablarni bajarishmoqda.

Sport sinovlari yakunida yosh toifasiga qarab ishtirokchilar I, II hamda III darajaga ega bo‘lishadi. 10-mayga qadar jami 7072 nafar talaba maxsus sport sinovlarini bajarishi belgilangan.

Ijtimoiy tarmoqlar: