Hurmatli navoiyliklar

Navoiy va Zarafshon shaharlari, shuningdek, Karmana, Uchquduq, Tomdi, Qiziltepa tumanlariga xizmat ko‘rsatuvchi "Berejlivost" MCHJ sanitar tozalash korxonasi aholiga maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlarini sifatli ko‘rsatmaganligi, buning natijasida chiqindi yig‘ish shoxobchalarida chiqindi to‘planib qolayotganligi sababli ayni paytda bitimlarni bekor qilish maqsadida sud organlariga da’vo arizalari kiritilgan.

Bugungi kunda Navoiy shahri va Karmana tumaniga xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida bitim bekor bo‘lgan.

Zarafshon shahri, Uchquduq, Tomdi, Qiziltepa tumanlari bo‘yicha sud jarayonlari davom etmoqda.

Yakuniy natijalar haqida qo‘shimcha ma'lumot beriladi. Yaqin orada buyurtmachi tomonidan Navoiy shahri va Karmana tumaniga xizmat ko‘rsatuvchi boshqa operator faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

Shu o‘rinda, yuqoridagi hududlar aholisidan chiqindi tariflari uchun vaqtincha to‘lov qilmaslikni so‘raymiz!

Shuningdek, chiqindi va mavjud qarzdorlik masalalari, e'tiroz va murojaatlaringizni Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazining 1205 hamda 1275 ishonch raqamlariga qoldirishingiz mumkinligini bildiramiz.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: