- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Xatirchi tumanida 70 ta mahallada 200 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan tuman aholisining maishiy turmush sharoiti, murojaatlari va yoshlar masalalari o'rganildi.
Dastlab tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida qurilish obyektlari, jumladan yangi qurilayotgan Xotira maydoni hamda tuman muzeyida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishilib, mavjud masalalar yuzasidan taklif va huquqiy tushunchalar berildi.
Tumanning olis hududlaridan biri, 9 ta qishloqdan iborat "Angidon" mahallasida aholi asosan chorvachilik va bog'dorchilik hisobiga kun kechiradi. Hududda 3 ta umumta'lim maktabi faoliyat yuritmoqda. Ularning birida Vazir o'rinbosarining yoshlar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Muloqotda maktablarga sport maydonchalari, zamonaviy kompyuter jamlanmalari, laboratoriya jihozlari zarurati borligi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi. Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Aholi bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda esa mahalla ahli bandlik, subsidiya olish, oilaviy va mehnat munosabatlari, bank-kredit masalalarida mas'ullarga yuzlanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarda “Angidon”da ekoturizm rivojlanib bormoqda. Bu tabiiyki, infrotuzilmaning tobora yaxshilanishiga turtki bo‘ladi. Shu bois endilikda hududda “Mehmon uylari”ni tashkil etish amaliyoti ham keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilayapti. Fuqarolar mas’ullardan mazkur yo‘nalishda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, yig'ilganlarga elektron imzo olish, farzandini ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish singari masalalarda 10 turdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Jarayonda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori mazmun-mohiyati yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.