“Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida ijodiy uchrashuvlar

Oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist, taniqli adib Ashurali Jo‘rayev NavDPI talabalari bilan uchrashdi.

Dastlab “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida institut hududida daraxt ko‘chati ekildi.

Tadbirda ijodkorning ibratli, mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi haqida batafsil so‘z bordi. Adib yurtimizdagi ulkan o‘zgarishlar, islohotlar, ibratli ishlar, ijodkorlar haqida gapirib berdi. Talabalarning ham fikrlari, ijod namunalari tinglandi.

Tadbir yakunida ijodkorga rektor tashakkurnomasi va esdalik sovg’alari topshirildi. Shuningdek, Qatag’on qurbonlari muzeyiga sayohat qilindi.

Ijtimoiy tarmoqlar: