- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Tamaddun, mashinalar shovqini va aqliy mehnat insonni bahavo joylarga sayohat qilishga undaydi. Ana shunday turizm rivojlangan hududlardan biri Navbahor tumanidir.
Hech kimga sir emaski, Navbahorda dunyoda mashhur Sarmishsoy qoyatosh suratlari mavjud. Ammo har bir hududning o‘ziga hos jozibador tomonlari bo‘lgani kabi Navbahor tumanining ham siz va biz bilmagan ajoyib tabiati hamda ekoturizm hududlari mavjud. Ushbu hududlarga sayohat qilganingizda ko‘nglingizga sokinlik, qalbingizga taskin va albatta anchaga yetarli energiya olishingiz mumkin.
Ijand qishlog‘iga sayohat qilish uchun qanday sabablar bor deysizmi?
Bepoyon lolazorlar, musaffo havo, sokin va diltortar manzillar, qalbi pok va mehmondo‘st insonlar, turistik xizmatlar tashkil etilgan ekoturizm hududi...