- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov rahbarligida navbatdagi apparat yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilish kun tartibidan 6 ta masala oʻrin olgan.
Dastavval ijro intizomini mustahkamlash, “Sayxunobod tajribasi”ni hududlarda joriy etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, aholi bandligini ta'minlash hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida mutasaddilar hisoboti tinglandi.
Xizmatlar, turizm va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha belgilangan vazifalar ijrosi, muammoli kreditlarni soʻndirish boʻyicha tijorat banklari, MIB, sektor rahbarlari, shahar va tuman hokimliklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, chigit ekish hamda pilla yetishtirish ishlarini tashkillashtirish boʻyicha masalalar ham koʻrib chiqildi.
Yigʻilishdagi har bir masala tahliliy-tanqidiy muhokama etilib, topshiriqlar ijrosi nazoratga olindi.