- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy shahar hokimi Dilmurod Ergashev, hokim o’rinbosari Shuhrat Djonuzoqov hamda AQSHning O'zbekistondagi elchixonasi birinchi kotibi, siyosatchi janob Endryu Shaynson ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.
Uchrashuvda kimyo mahsulotlarini qayta ishlash, tekstil yo‘nalishi va boshqa bir qator yo’nalishlar bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan istiqbolli loyihalar va rejalar xususida fikr almashildi.
Shuningdek, O‘zbekistonda investorlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar, tadbirkorlik faoliyatini yanada yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar hamda Navoiy shahrida faoliyat yuritayotgan yirik korxonalar haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar bir birlariga esdalik sifatida kitob va esdalik sovg‘alarini ulashdilar.