"Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" Navoiy shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi

Navoiy shahridagi "Sugʻdiyona" oʻyingohida yoshlar oʻrtasida sportning futbol va mini-futbol turlari boʻyicha an'anaviy "Davlat xavfsizlik xizmati kubogi" Navoiy shahar bosqichi musobaqalarining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ramziy ma'nodagi musobaqalarning ochilish marosimida dastlab Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari soʻzga chiqib, musobaqani ochiq deb e'lon qildi va ishtirokchilarni tabriklab, boʻlib oʻtadigan musobaqalarda barchaga omad tiladi.

Tadbirda Navoiy viloyati hokimi oʻrinbosari, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi, Yoshlar ishlari agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi boshligʻi ishtirok etdi.

Mazkur musobaqa Navoiy viloyati hokimligi, DXX Navoiy viloyati boshqarmasi hamda Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar: