Informatika bo‘yicha fan olimpiadasi Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tmoqda

Ayni vaqtda Navoiy shahridagi 3-FFChO‘IT maktabida 5-8-sinf o‘quvchilari o‘rtasida informatika bo‘yicha fan olimpiadasi Navoiy viloyati bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirni Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining bosh mutaxassisi Jamoliddin Fozilov, viloyat boshqarmasi boshlig‘i Ra’no Hayitovalar ochib berishdi.

Ma’lumot uchun: olimpiadaning tuman, shahar bosqichlarida 1-, 2-, 3-o‘rinlarni egallagan umumta’lim maktablari o‘quvchilari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari hamda Navoiy shahar Prezident maktabidan jami 191 nafar o‘quvchi ishtirok etmoqda.

Maqsad: olimpiadaning respublika bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan o‘quvchilarni kelgusida xalqaro miqyosida tashkil qilinadigan informatika, matematika fanlaridan turli musobaqa va olimpiadalarda ishtirok etuvchi respublika terma jamoasiga nomzod sifatida kiritish, xalqaro olimpiadalarda 0‘zbekiston jamoasi natijadorligini oshirish, yosh iqtidorlarni zaxiraga tayyorlab borishdan iborat.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: