- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Unda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish borasida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar va uning oqibatlari muhokama qilinib, qonunga itoatkor tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilishning ustuvor yoʻnalishlari belgilab olindi.
Shuningdek, mutasaddi idoralarga roʻyxatdan oʻtmasdan biznes olib borayotgan shaxslarning faoliyatini qonuniylashtirish, norasmiy bandlikka barham berish, agrar sohadagi yashirin aylanmalarni qisqartirish va boshqa yoʻnalishlardagi mavjud imkoniyatlarni ishga solish orqali 614.9 mlrd. soʻm qoʻshimcha manbalarni byudjetga tushirish boʻyicha manzilli topshiriqlar berildi.
Ushbu yoʻnalishlarda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish orqali qoʻshimcha manbalarning byudjetga tushirilishini ta'minlash boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi hamda mas'ullar qonun buzilishi holatlariga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida rasman ogohlantirildi.