- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Nurota chashmasining sirli jihatiga bu yerning tabiiy o‘rni va buloqning shifobaxsh xususiyatlari ham sabab bo‘lgan.
Nurota chashmasining suvi minglab kilometr yerosti yo‘laklaridan soniyasiga 290 litr miqdorida oqib chiqadi. Chashma suvi qishin-yozin bir xil — 19,5 daraja iliq bo‘ladi.
Ming yillar davomida oqib turgan chashmaning muzlashi hech kuzatilmagan, u minerallashgan yumshoq ichimlik suvidir.
Suvdagi yod moddasi buqoq kasalligiga, noyob brom moddasi esa asab kasalliklariga shifo ekanligi qadimdan ma’lum.
Nurota chashmasining baliqlari tog‘ daryolarida uchraydi, fan tilida sutbaliq, ya’ni daryo marinkasi deb ataladi.
Mazkur baliqlar o‘rtacha 17 yil yashaydi. Baliqlar hech qanday tashqi ozuqasiz yashaydi.