Karmana tumanida Xitoy texnologiyasi asosida yomg‘irlatib sug‘orish tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda

Bugun Karmana tumani hokimi Valijon Adizov tegishli mas'ul rahbarlar bilan birgalikda "Shaxri nur 2020" MCHJ yerlarida bo‘lib, Xitoy texnologiyasi asosida yomg‘irlatib sug‘orish uskunalarini o‘rnatish jarayonlari bilan tanishdi.

"Shaxri nur 2020" MCHJ ekin maydonlari jami 500 gektarni tashkil etib, 260 gektariga yomg‘irlatib sug'orish texnologiyalari o‘rnatilgan, ayni paytda 2 ta Xitoy texnologiyasi asosida yomg‘irlatib sug‘orish uskunalari o‘rnatilmoqda. Kelgusida yana 2 ta uskuna o‘rnatilishi rejalashtirilgan.

Mazkur uskunalarning afzalligi shundaki, 40-50 foizgacha suv tejalishiga, 25-30 foizgacha mineral o‘g‘itlar tejalishiga erishiladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: