Sarmishsoy - noyob tabiat yodgorligi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov O‘zbekiston hududidagi eng ko‘p va beqiyos qoya tosh rasmlarini saqlab qolgan “Ochiq osmon ostidagi muzey” deb nomlanuvchi “Sarmishsoy” davlat muzey-qo‘riqxonasida bo‘ldi.

Bundan 5-7 ming yil ilgari Sarmishsoyda hayvonlarni xonakilashtirish ishlari olib borilgan va bu qoyatosh suratlarida aks etgan merosni asrab-avaylash, mahalliy va xorijiy mehmonlarni ko‘proq jalb etish, tabiatning bebaho yodgorligi, balki, insoniyat sivilizatsiyasini o‘rganish, uning noyob durdonalaridan bahramand bo‘lishga xizmat qiluvchi betakror manba sifatida targ‘ib etish kerakligi ta’kidlandi.

Ushbu manzilga eltuvchi yo‘l yoqalarini obod etish, aholi dam olish manzillariga alohida e’tibor qaratish kerakligi aytib o‘tildi.

Ma’lumot uchun, qadimiy rasmlar qoyalarga bronza, temir va tosh yordamida sxematik, kontur, soya va naqshdor uslublarda tushirilgan. E’tiborlisi, ularning ba’zilari yomg‘ir yoqqanda ko‘rinsa, ayrimlari quyosh nuri tik tushganda paydo bo‘ladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: