- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “GeoTech – 2024: geotexnologiya, konchilik va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish” (“GeoTech – 2024: geotechnology, mining and rational use of natural resources”) mavzusida xalqaro SCOPUS konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro anjumanda NDKTU, Krasnoyarsk o‘lkasi fan va texnika uyi, “O'zbek-yapon markazi”, Qozog‘istonning Baykonurov nomidagi kon-metallurgiya instituti hamda Satbayev universiteti olimlarining ma’ruzalari onlayn va offlayn rejimida tinglandi.
Konferensiya doirasida olimlarning kon-metallurgiya sanoatida texnik ishlanmalar va energiya samaradorligini joriy etish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar natijalari muhokama qilindi, innovatsion ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish bo‘yicha dalillarga asoslangan bir qator xulosa va tavsiyalar taqdim qilindi.