Kimyoviy o‘g‘itlar mahalliylashtirilmoqda

"Navoiyazot AJ" negizida O‘zbekiston-Avstriya qo‘shma korxonasining faoliyat yuritayotgani avvallari xorijdan keltirilgan kimyoviy o‘g‘itlarni mahalliylashtirish imkonini berdi.

Hozirda “JV Continaz”MCHJ qo‘shma korxonasida 100 nafarga yaqin xodim faoliyat yuritadi.

Italiyadan keltirilgan yuqori texnologik uskunalar bilan ta’minlangan yirik majmuada avtomatlashtirilgan tizim orqali ishlab chiqarish jarayoni boshqariladi va nazorat qilinadi.

Xodimlar malakasini oshirish maqsadida Turkiya, Italiya, Erondan malakali mutaxassislar jalb etilgan.

Umumiy qiymati 16 mln. dollar bo‘lgan korxonada dastlab karbamid formaldegid konsentrati, KFK-85 bo‘lgan texnik formalin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, hozirda sulfat kislotasi, natriy sulfid hamda qurilishda ishlatiladigan yelim ham tayyorlanmoqda.

Bugungi kunda quvvatda ishlab chiqarilayotgan importbop mahsulotlar ichki bozorga yetkazilmoqda, kelajakda eksportni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar: