56 ta diplomatik vakolatxonalar bilan onlayn uchrashuv oʻtkazildi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Tashqi ishlar vazirligi rahbariyati va Oʻzbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi 56 ta diplomatik vakolatxonalari bilan onlayn uchrashuv oʻtkazdi.

Uchrashuv avvalida viloyat rahbari mamlakatimiz, shu jumladan Navoiy viloyati va xorijiy mamlakatlar oʻrtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha elchixonalar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan oʻz minnatdorchiligini bildirdi.

Soʻngra elchilarga viloyatning investitsion, sanoat, savdo, turizm salohiyati toʻgʻrisida batafsil ma'lumotlar berildi.

Uchrashuvda elchixonalar tomonidan bildirilgan takliflar tinglanib, hamkorlikda ishlash yuzasidan fikrlar almashildi.

21

20 (2)

Ijtimoiy tarmoqlar: