- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti huzuridagi Akademik litsey o‘quvchilari Shaxriyor Yo‘ldoshmurotov va Shoxrux Botirovlar Rossiyaning Kuzbass shahrida bo‘lib o‘tgan yosh strateglar maktabining III mintaqalararo yig‘inida ishtirok etishdi.
Ikki kunlik dastur doirasida yoshlar akademik, iqtisod fanlari doktori, professor, Rossiya Fanlar akademiyasining xorijiy a’zosi V.L.Kvint ishtirokidagi amaliy seminarlarda qatnashishdi. Jarayonda interfaol o‘yinlar orqali yosh strateglarning loyihalari taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.
NDKTU Akademik litseyi ijtimoiy yo'naltirilgan, mustaqil va ijodiy tafakkurli shaxsni tayyorlash va tarbiyalashga yordam beradigan innovatsion ta'limni muvaffaqiyatli amalga oshirayotganligi uchun tashkilotchilar tomonidan alohida taqdirlandi.