- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Ra'no Hayitova ta’lim sifati yuqori bo‘lgan umumta’lim maktablarining direktorlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida ta’lim sifati past bo‘lgan maktablarga metodik yordam ko‘rsatish masalasi muhokama etildi. Jumladan, ushbu muassasalar bilan ishlash jarayonida tizimda olib borilayotgan islohotlarning ijrosini ta’minlash, umumta’lim muassasalari va rahbarlar o‘rtasida “Ustoz-shogird” an’analarini davom ettirish, “abituriyent shtabi” faoliyati, kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlarni belgilash, tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish kabi muhim vazifalar bo‘yicha topshiriq va tavsiyalar berildi.