- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Viloyat hokimi Normat Tursunov Nurotadagi tashrifi davomida kichik sanoat zonasi hududida tashkil etilayotgan “PREMIER TEXTILE” xususiy korxonasi tomonidan trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi qurilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
Viloyat rahbari yangi loyiha boʻyicha tadbirkor bilan suhbatda boʻlib, mavjud muammo va takliflarini tingladi.
Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, umumiy qiymati 7,0 mlrd. soʻm boʻlgan loyihaning 2,0 mlrd. soʻmi tadbirkorning oʻz mablagʻi hisobidan, 5,0 mlrd. soʻmi bank kreditlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Loyiha yiliga 560 ming dona mahsulot ishlab chiqarish quvvatiga ega bo'lib, yiliga 2,0 mln.dollarlik mahsulot eksport qilinishi koʻzda tutilgan.