- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ayni damda Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Turkiyaning "KOC CONSTRUCTION” mas'uliyati cheklangan jamiyati hamda Toshkentdagi “PIRAMIT GLOBAL” xorijiy korxona ta'sischisi Yusuf Sarikoch janoblari bilan uchrashuv oʻtkazmoqda.
Uchrashuvdan maqsad Konimex tumanida tashkil etilayotgan "NAVOI AGROFOS” korxonasining tamal toshi qoʻyilishidir.
Umumiy qiymati 50 mln. AQSh dollari boʻlgan korxona donador fosforit qazib olish va qayta ishlashga moʻljallangan boʻlib, loyihani amalga oshirish uchun "Qaraq-ata" OFY hududidan jami 10 gektar maydon auksion savdolarida sotib olingan.
Bugungi kunda hudud qurilish ishlari uchun tayyor holatga keltirilgan. Loyiha ishga tushishi natijasida 100 ta ish oʻrni yaratilishi koʻzda tutilgan.