Qishloq xo‘jaligida unumdorlik oshadi

Bahorgi dala ishlarini o‘z vaqtida va sifatli o‘tkazishni ko‘ngillariga tukkan qiziltepalik azmu-shijoatli bobodehqonlar, fermerlar katta niyatlar bilan yangi mehnat mavsumini yangiliklar bilan boshlashdi.

Sababiki, qiziltepalik fermerlar tomonidan jami 100 dan ortiq yangi qishloq xo‘jaligi texnikalari, jumladan, kombayn, haydov traktorlari, chopiq texnikalari sotib olindi va bugundan ushbu texnikalar Qiziltepa dalalarida ish boshlaydi. Tuman tarixida bir vaqtning o‘zida bu kabi ko‘plab texnika sotib olinishi avval kuzatilmagan.

Ushbu jarayonlarda ishtirok etgan viloyat rahbari Normat Tursunov paxta va g‘allachilik, pillachilik, chorvachilik va boshqa sohalarda yuqori natijalarga erishish uchun bor imkoniyatlarni ishga solayotgan soha xodimlari mehnatini e’tirof etib, ushbu texnikalar qishloq xo‘jaligida unumdorlik va samaradorlikka xizmat qilinishini ta’kidlab o‘tdi.

Ijtimoiy tarmoqlar: