Xatirchi tumanida “mahalla yettiligi” mas'ullari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yigʻilish boshlandi

Ayni damda Xatirchi tumanida Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov, mahalla tizimi xodimlari, “mahalla yettiligi” mas'ullari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yigʻilish boshlandi.

Yigʻilishda aholi turmush darajasini yaxshilash, bandligini ta'minlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, yoshlar masalasiga alohida e'tibor qaratish lozimligi ta'kidlandi.

Mahalla — uzoq oʻtmish, mahalla — bugun, mahalla — kelajak. Bu halqa hayot davomiyligi asosini ta'minlab keladi. Bugun ushbu tizim tom ma'noda fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishda xalqchil tizimga aylanishi, doim aholi xizmatida boʻlishi kerakligi uqtirildi.

Viloyat rahbari tuman mutasaddilari bilan uchrashib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, Sayxunobod tajribasi bo'yicha mahallalarda olib borilayotgan ishlar, mavjud tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: