“Oʻzbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun”: aksiyada universitet yoshlari ham faol qatnashmoqda

Respublikamizda 30-mart — “Chiqindisiz dunyo uchun xalqaro kuni” hamda 1-aprel “Xalqaro qushlar kuni” munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda. 

Xususan, Navoiy shahrida ham mazkur sanalar munosabati bilan “Oʻzbekiston yoshlari chiqindisiz dunyo uchun” mavzusida ekologik aksiya tashkil etilib, unda Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti talabalari ham faol ishtirok etmoqda. Aksiya doirasida hududlarni chiqindilardan tozalash, yoshlar oʻrtasida qushlarni asrab-avaylashga qaratilgan tanlov va loyihalar tashkil etilayapti.

Darhaqiqat, bugungi kunda aholining, xususan yosh avlodning ekologik madaniyatini oshirish, ularda ona tabiatga g‘amxo‘rlik tuyg‘usini shakllantirish muhim masala sanaladi. Xalqaro sanalar doirasidagi tadbirlar bunda muhim ahamiyatga ega. 

Ijtimoiy tarmoqlar: