Navoiy viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi mudiri

XASANOV FIRUZJON GULOMOVICH

Telefon:  (79) 229 62-53

Faks: (78) 770 31-11

Qabul kunlari: Haftaning payshanba va juma kunlari soat 15:00 dan 18:00 gacha

Elektron pochta manzili: feruzjonxasanov@mail.ru 

Tug‘ilgan sanasi va joyi: 1988-yil, Navoiy viloyati, Karmana tumani

Millati: O‘zbek

Ma’lumoti: Oliy, 2013-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (kunduzgi)

 

Mehnat faoliyati

2009-2013 yy. - Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

2013-2014 yy.- “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali debitor qarzdorliklarni yig‘ish bo‘limi texnigi

2014-2015 yy.- “O‘zbektelekom” AK Navoiy filiali debitor qarzdorliklarni yig‘ish bo‘limi mutaxassisi

2015-2015 yy.- Navoiy viloyati statistika boshqarmasi xizmatlar sohasi statistikasi bo‘limi 1-toifali mutaxassisi

2015-2016 yy.- Navoiy viloyati statistika boshqarmasi tashqi iqtisodiy faoliyat va savdo bo‘limi yetakchi mutaxassisi

2017-2018 yy.- O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyati Navoiy shahar bo‘limi monitoring va hisob shoʻbasi katta inspektori.

2018-2019 yy.- Byuroning Navoiy viloyati Navoiy shahar bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2019-2020 yy.- Byuroning Navoiy viloyati Nurota tuman bo‘limi boshlig‘ining o‘rinbosari.

2020-2021 yy.- Byuroning Navoiy viloyati Uchquduq tuman bo‘limi boshlig‘i.

2021-2023 yy.- Xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi

2023 - h.v.   -   Navoiy viloyati hokimligi Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi mudiri

 

Majburiyatlari

Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat qilish shoʻbasi mudiri o‘zi faoliyat yuritayotgan hokimlik tizimi xodimlaridan ularning vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan tahliliy materiallarni, xulosalarni, statistik va boshqa ma’lumotlarni olish;

xizmat majburiyatlarini bajarish doirasida hokimlik tizimi xodimlaridan zarur yordam so‘rash va olish;

hokimlik tizimi xodimlari faoliyatida aniqlangan korrupsiyaviy huquqbuzarliklar yuzasidan xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish;

viloyat hokimiga korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

o‘z faoliyati doirasida hokimlik tizimiga yozma ko‘rsatmalar, topshiriq xatlari va tavsiyalar berish;

hokimlik tizimidagi korrupsiyaga oid majlislarida ishtirok etish;

tekshiruvlar o‘tkazish, hujjatlarni talab qilish, xodimlardan yozma tushuntirishlar olish.

qonunchilik hujjatlari talablariga qat’iy rioya qilish va o‘z vakolat doirasidan chetga chiqmaslik;

hokimlik tizimida jinoyat alomatlari, xususan korrupsiya holatlari aniqlanganligi to‘g‘risida zudlik bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri yuqori turuvchi organ, Agentlik va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berish;

hokimlik tizimining korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati, odob-ahloq qoidalarining korrupsiyaga oid qismining buzilganligi fakti yuzasidan viloyat hokimiga ma’lumotnomalar kiritish;

har chorakda, keyingi chorak birinchi oyining birinchi o‘n kunligida korrupsiyaga qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar va chora-tadbirlar to‘g‘risidagi choraklik hisobotni Agentlikka taqdim etish;

Ichki nazorat xizmati xodimlari korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida faoliyat yurituvchi xodimlarga mo‘ljallangan o‘quv kurslari yoki maxsus seminar-treninglarda ishtirok etadi. O‘quv yoki maxsus seminar-treninglar hokimlik tizimi yoxud Agentlik tomonidan tashkil etilishi mumkin.

Ichki nazorat xizmati faoliyatining maqsadli ko‘rsatkichlari viloyat hokimi tomonidan tasdiqlanadi.

Ichki nazorat xizmati faoliyati samaradorligining maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish ustidan nazorat Agentlik tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: