«GAP» IT sohasida ayollar klubi o‘z liderlarini qidirmoqda!

Xabaringiz bor, xotin-qizlarni axborot texnologiyalari sohasiga jalb etishga qaratilgan «GAP» IT sohasida ayollar klubi tashkil etilgan. (https://t.me/mitcuz/7571?single)

Ushbu klub doirasida IT sohasida ayollar sonini ko'paytirish maqsadida shu kunga qadar bir nechta uchrashuvlar (https://t.me/mitcuz/10021) o‘tkazilib kelinmoqda.

Klubning faoliyatini yanada kengaytirish maqsadida viloyatlarda IT sohasidagi lider qizlarni o‘z jamoamizga taklif etamiz!

IT sohasiga qiziqishingiz yuqori bo‘lsa, turli tadbirlarda faol ishtirok etib, sohaga oid bilimlaringizni oshirgan holda kuchli networking’ga ega bo'lishni istasangiz, jamoamizga qo‘shiling! Biz sizga rivojlanish imkoniyatini beramiz.

Quyidagi havola orqali ma'lumotlaringizni to‘ldiring va biz siz bilan bog‘lanamiz.

Havola: https://forms.gle/F2neEnUBzQYch2QY8

 

Ijtimoiy tarmoqlar: