- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Dunyoga eng mashhur Britaniya muzeyini yiliga o'rtacha 6-7 million kishi tomosha qiladi. Chunki bu muzey sayyoramizning turli hududlaridan olib kelingan, bir necha ming yillik tarixiy topilmalarni o'z ichiga olgan. Bu yerda 8 milliondan ortiq eksponatlar bor.
Ana shu eksponatlardan biri buyuk ajdodimiz Mirzo Ulug'bekka tegishli yashil nefrit (yashma) toshidan yasalgan, 1959, 1120.1 tartib raqami ostidagi kosadir. Qadimda odamlar orasida nefritdan yasalgan idishga zaharli suyuqlik solinsa, u parchalanib ketishi to'g'risida ma'lumotlar aytilgan.
Navoiy shahridagi "Farhod" madaniyat saroyining davriy nashrlar bo‘limi kutubxonachisi M.Aslonova tomonidan o'quv zali kitobxonlari bilan suhbat o'tkazildi. Suhbat mavzusi Mirzo Ulug'bekning 630 yilligiga bag'ishlanib, alloma va hukmdor haqidagi qiziqarli ma'lumotlarni o‘z ichiga olgan gazeta va jurnallar kitobxonlarga tavsiya etildi.