- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov va viloyat prokurori Azamat Mirzayev Qiziltepa tumanida bo‘lib, "Yangi asr" fermer xo‘jaligi tomonidan cho‘l hududidan o‘zlashtirilgan va "Pivot" yordamida yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari asosida sug‘orilayotgan maydonlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishishdi.
Jobir Temirov rahbarligidagi ushbu fermer xo‘jaligi tomonidan ayni paytda 700 gektar yerlarni o‘zlashtirgan bo‘lib, yiliga 3,5 ming tonna g‘alla mahsulotlari, 1 ming tonna uzum mahsulotlari va 3 ming tonna sabzavot mahsulotlari yetishtirilmoqda. Shuningdek, fermer xo‘jaligi tasarrufida chorvachilik kompleksi va sutni qayta ishlash zavodi ham mavjud bo‘lib, unda 45 turdagi sut va sut mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Fermer xo‘jaligida "Daladan dasturxongacha" tamoyili asosidagi ish yo‘lga qo‘yilgan.