Innovatsion o‘yinlar ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi

Karmana tumanidagi 3-davlat MTTda “Bolalarni boshlang‘ich ta’limga majburiy bir yillik tayyorlov guruhlarida ta’lim sifatini oshirish maqsadida yangi innovatsion o‘yinlar orqali faoliyat jarayonlarini tashkillashtirish” mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi.

Dastlab tarbiyalanuvchilar “Toqqa sayr” o‘yini orqali mashg‘ulotga jalb qilindi. Bolajonlar mashg‘ulot davomida qushlarning, tabiiy hodisalarning ovozidan topishdi, yog‘och bo‘laklariga tabiiy hodisalarning rasmini chizishdi, “Kamalak chiqishi”, “Yomg‘ir yog‘ishi”, “Shamol bo‘lishi” kabi mavzularda tajriba o‘tkazishdi, “Sholg‘om” ertagi sahnalashtirildi.

Seminar yakunida kichkintoylar tomonidan ijro etilgan kuy va raqslar barchaga yaxshi kayfiyat baxsh etdi.

Tuman va shaharlardan tashrif buyurgan pedagoglar seminarda foydalanilgan yangi innovatsion o‘yinlardan namuna olib, o‘z faoliyatlarida qo‘llashini mamnuniyat bilan bildirishdi.

Ijtimoiy tarmoqlar: