Navoiyda "Collabrium” coworking markazi ish boshladi

"Collabrium” Сoworking markazi IT sohasida ishlayotgan va rivojlanayotgan odamlar uchun oʻziga xos qulay atmosfera maydoni - jamoaviy ofis hisoblanadi. Сoworking maydonini yaratishdan koʻzlangan maqsad IT-bozorini rivojlantirish uchun IT hamjamiyatini yaratishdir.

Navoiy shahrida axborot texnologiyalari sohasida ishlayotgan, oʻz startapiga ega yoki startap ochmoqchi boʻlgan va ishlash uchun qulay joy va ofislarni izlayotganlar uchun yangi Сoworking markazi oʻz ishini boshladi. Bugun viloyat hokimi Normat Tursunov ushbu markazda boʻlib, faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Markaz dasturlash, marketing, dizayn va boshqa turli IT sohalarida yarim kunlik (onlayn) ishlaydigan frilanserlar uchun mos keladi. Сoworking maydonida ochiq maydon deb ataluvchi 10 dan ortiq joylar mavjud. Markaz shuningdek, trening va seminarlar oʻtkazish uchun konferens-zallar, kitob oʻqish yoki ish oʻrtasida dam olish uchun hordiq zonasi kabi turli yoʻnalishlarni, shinam qahvaxona xizmatlarini taklif etadi.

Ijtimoiy tarmoqlar: