- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Chexiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor elchisi Lubomir Frebortni qabul qildi.
Uchrashuv chog‘ida Navoiy viloyati hamda Chexiya Respublikasi o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yishda elchixonaning amaliy ko‘magi muhim ekanligi ta’kidlandi.
Shuningdek, hududlararo hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishning istiqbolli imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.
Xususan, kimyo, tog‘-kon va qurilish materiallari sanoati yo‘nalishidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, o‘zaro tashqi savdo aylanmasini kengaytirish, Chexiyadan turistlar oqimini ko‘paytirish, viloyatdagi OTM va Chexiyaning nufuzli universitetlari o‘rtasida aloqalarni yo‘lga qo‘yish kabi takliflar muhokama etildi.