- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Yigʻilish kun tartibidan ijro intizomini mustahkamlash, berilgan topshiriqlar, nazoratdagi hujjatlar ijrosi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlarining bajarilishi ahvoli, Sayxunobod tajribasini hududlarda joriy etish, mahallalarga biriktirilgan tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mutasaddilarning hisoboti tinglandi.
Shuningdek, hududlarda obodonlashtirish ishlarining borishi hamda “Yashil makon” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, gʻalla parvarishi, texnikalar tayyorgarligi, hududlarda tashqi yozuv, lavha, e'lon, reklama va koʻrgazmali boshqa axborot matnlarining “Davlat tili” va “Reklama toʻgʻrisida”gi Qonun hujjatlarida belgilangan tartibda joylashtirilishi holati singari qator masalalar tanqidiy-tahliliy muhokama qilindi.