"O'zbekiston chempionati" g'olib va sovrindorlari

Toshkent shahrida U 20 yosh toifasi yoshlari o'rtasida yengil atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati bo'lib o'tdi. Musobaqada ishtirok etgan Navoiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi yengil atletikachilari 4 ta oltin, 2 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo'lga kiritdilar.

Quvonarlisi shundaki, uch nafar sportchimiz Sabrina G'oyibnazarova 400 metrga g'ovlar osha yugurish bahslarida, Asadbek Pardayev 1500 metrga yugurish bahslarida hamda Sadafbonu Nusratilloyevalar 3000 metrga to'siqlar osha yugurish bahslarida g'oliblik bilan birgalikda 23-27-aprel kunlari Dubay (BAA) shahrida o'tkazilishi rejalashtirilgan U20 Osiyo chempionatiga yo'llanmalarni ham qo'lga kiritdilar.

Ijtimoiy tarmoqlar: