- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy shahri hokimi Dilmurod Ergashev “Hayot” mahallasida olib borilayotgan ishlarni ko’zdan kechirish chog’ida mazkur mahallada istiqomat qilayotgan bemor va nogironligi bor fuqarolar holidan xabar oldi.
Shahar rahbari har bir fuqaro bilan samimiy suhbatlashdi, ularning muammo, taklif va murojaatlarini birma-bir tingladi, ularga jamiyatimizning teng huquqli a’zosi ekanliklari va har doim davlatimiz e’tiborida va g’amxo’rligi ostida barcha imkoniyatlar yaratilishini ta’kidladi. Hokim fuqarolar tomonidan bildirilgan muammolarning ijobiy hal qilinishini nazoratga oldi.