Sportning mini futbol turida “Rektor kubogi” egasi aniqlandi

Navro‘z arafasida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universiteti professor o‘qituvchilari hamda ishchi-xodimlari o‘rtasida sportning mini futbol turida “Rektor kubogi” musobaqasi o‘tkazildi.  

Qur’a tashlash yo‘li bilan raqib jamoalar aniqlanib, 18-19 mart kunlari dastlabki o‘yinlar, bugun esa asosiy o‘yin o‘tkazildi. Natijalarga ko‘ra, 1-oʻrin “Konchilik elektr mexanikasi” kafedrasi, 2-oʻrin “Konchi” sport klubi, 3-oʻrin esa  "Metallurgiya" kafedrasi jamoasiga nasib etdi.

Bayram jarayonida ushbu musobaqa g‘oliblari tantanali taqdirlanib, kubok o‘z egasiga taqdim qilindi. 

Ijtimoiy tarmoqlar: