- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Oʻtgan yili viloyat hokimining Navoiy shahridagi sayyor qabulida nuroniylar, xususan Хolmurod Quvvatov tomonidan qarovsiz boʻlgan hududni obodonlashtirish taklifi berilgan edi. Ushbu taklif Normat Tursunov tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, Navoiy shahrining “Istiqlol” mahallasida joylashgan eski istirohat bogʻi bugun zamonaviy ekologik hududga aylantirildi.
Bugun ushbu ekobogʻning tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimi boshchilidagi mas'ullar, jamoatchilik vakillari, nuroniylar hamda mahalla ahli ishtirok etishdi.
3,5 gektar maydondagi bogʻda keng va ravon yoʻlaklar, zamonaviy oʻrindiqlar, yashil maydonlar, favvoralar, soʻnggi dizayndagi yoritgichlar, koʻngilochar xizmat koʻrsatish shoxobchalari, savdo obyektlari bundan keyin xalqimiz xizmatida.