- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Bugun viloyat hokimi oʻrinbosari Elbek Gʻafforov Xitoy Xalq Respublikasining “XINJIANG HERUN TECHNOLOGIES” kompaniyasi rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdi.
Muzokara davomida tomonlar Navoiy shahrining suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmogʻi tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida korxonaga berish, suv ta'minoti va kanalizatsiya tarmogʻini raqamlashtirish (eksperiment tariqasida), shu jumladan, suvni hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini oʻrnatish, elektron suv hisoblagichlari, shuningdek, suvni tozalash uchun sanoat va maishiy filtrlar ishlab chiqarishni tashkil etish, viloyatning shahar va tumanlarida suvning shoʻrligini aniqlash va suvni chuchuklashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish kabi masalalarni muhokama qilishdi.