- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Navoiy viloyati hokimi o'rinbosari, O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi Navoiy viloyati bo'limi raisi Jamshid Xodjayev soha mas'ullari hamda para sport turlari bilan shug'ullanuvchi sportchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida sportchilar tomonidan bildirilgan muammo va takliflar o'rganib chiqilib, joyida hal etilishi bo'yicha mas'ullarga topshiriqlar berildi.
Shuningdek, sportning o‘yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida para sportchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoitlar va mashg'ulotlarning o'tilish holati ko'zdan kechirildi.
Imkoniyati cheklangan sportchilar uchun bugungi kunda yurtimizda sport bilan muntazam va sifatli shug'ullanishlari uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilganligi ta'kidlab o'tildi.