- LOTIN-КИРИЛЛ
-
-
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Ishonch telefoni (79) 220-10-20
Bugun Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov Xitoy Xalq Respublikasining “BEIJING CHENGJIAN SHILIU CONSTRUCTION CO..LTD.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida Xitoy kompaniyasi vakiliga Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, mahalliy va xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, xususan Navoiy viloyatining investitsion va sanoat salohiyati toʻgʻrisida ma'lumot berilib, viloyatda amalga oshirish mumkin boʻlgan investitsiya loyiha-takliflari taqdim etildi.
Muzokara davomida Xitoy kompaniyasi tomonidan Navoiy shahrida uy-joy qurilishi boʻyicha taqdim etilgan loyihalarga qiziqish bildirildi.