Navbatdagi apparat yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

Navoiy viloyati hokimi Normat Tursunov raisligida apparat yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Kun tartibidan 3 ta masala ijrosi muhokamasi o‘rin olgan.
Dastlab ijro intizomini mustahkamlash, oldingi  yig‘ilishda berilgan topshiriqlarning ijrosi tahlil etildi. Shuningdek, 2024-yilda mahallalarni ixtisoslashtirishni o‘rganish va ishlarni tashkil etish bo‘yicha tuman va shaharlarga biriktirilgan mutasaddilar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berildi.
Bundan tashqari, yig‘ilishda hududlarda obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarining borishi hamda “Yashil makon” dasturi doirasida qilinishi lozim bo‘lgan vazifalar xususida to‘xtalib o‘tildi.
Tanqidiy-tahliliy yig‘ilishda mas’ullarga qayd etilgan muammo va kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish bo‘yicha reja ishlab chiqish hamda unda belgilangan vazifalar ijrosini nazorat va muhokama qilib borish topshirildi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar: